To‘qayev saylovdan keyin nega aynan Putinning yoniga borganiga aniqlik kiritdi
Olam
−
28 noyabr 2022
11631Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 28 noyabr kuni Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan uchrashuvda Qozog‘istonda o‘tkazilgan prezidentlik saylovidan keyin ilk xorijiy tashrifni Rossiyaga amalga oshirayotganining siyosiy ahamiyati va ramziyligi haqida so‘z ochdi.
“Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti etib qayta saylanganim munosabati bilan shaxsiy tabriklaringiz uchun o‘z minnatdorligimni bildirmoqchiman. Darhaqiqat, ushbu voqeadan so‘ng mening birinchi xorijiy tashrifim shu yerda, o‘z-o‘zidan chuqur siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan Rossiya Federatsiyasiga bo‘ldi. Albatta, bu tashrifda ma’lum bir ramziylik bor”, deydi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mutlaqo tabiiy, chunki gap 22 oktyabr kuni diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘lgan Moskva va Ostona o‘rtasidagi hamkorlik haqida ketmoqda.
“Bugun biz ushbu tarixiy sanaga bag‘ishlangan deklaratsiyani imzolamoqdamiz. Qozog‘iston uchun Rossiya Federatsiyasi asosiy strategik hamkor, turli sohalarda biz bilan chuqur munosabatlarga ega bo‘lgan davlat bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi”, deydi respublika rahbari.
Joriy yilning 20 noyabr kuni Qozog‘istonda navbatdagi tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda Qosim-Jomart To‘qayev 81,31 foiz ovoz to‘plab, 2029 yilgacha Prezident kursisini egalladi. Davlat rahbarining inauguratsiyasi 26 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi.
LiveBarchasi