To‘qayev Sardoba suv toshqinidan zarar ko‘rgan chegara hududiga bordi
Olam
−
21 avgust 2020
9252Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Turkiston viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrifi davomida Sardoba suv toshqinidan aziyat chekkan maqaaralliklar bilan ham uchrashdi. Bu haqda uning Matbuot kotibi Berik Uali ma’lum qildi.
Maqtaaral tumanida Prezident Sardoba suv omborida yuz bergan avariya oqibatlarini bartaraf etish ishlarining borishini ko‘zdan kechirgan va mahalliy aholi vakillari bilan uchrashgan.
Shundan so‘ng To‘qayev Aris shahriga jo‘nab ketgan. Bu yerda o‘tgan yili harbiy qism qurol-yarog‘lari saqlanadigan omborxona portlab ketgan edi. U yerda hozirk omborni tiklash ishlari olib borilyapti.
Ma’lumot uchun, joriy yilning may oyi boshida Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida yuz bergan avariyadan Qozog‘iston ham zarar ko‘rgandi. Joylardagi infratuzilmani tiklash ishlariga O‘zbekiston ham qatnashyapti.
LiveBarchasi