To‘qayev Samarqandga keldi
Jamiyat
−
10 noyabr 2022 6622 1 daqiqa
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.
Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiy davlatlar tashkilotining Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov allaqachon O‘zbekistonga yetib kelgan.
Live
Barchasi