To‘qayev prezidentlik lavozimi o‘z kuchini saqlab qolishini aytdi

Olam

image

Qozog‘istonda vitse-prezident lavozimining joriy etilishi, shuningdek, konstitutsiyada mustahkamlanishi rejalashtirilgan bir palatali parlamentga o‘tish bilan bog‘liq islohot prezidentning rolini susaytirmaydi – u davlat hokimiyati tizimida hamon asosiy kuch bo‘lib qoladi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev ma’lum qildi. 

“Aytishim kerak – ushbu konstitutsiyaviy o‘zgarishlar prezidentlik hokimiyati institutining kuchsizlanishini anglatmaydi, aksincha – prezidentlik lavozimi davlat tizimida asosiy bo‘lib qolmoqda. Ishonchim komilki, Qozog‘iston prezidentlik respublikasi sifatida muvaffaqiyatli rivojlanadi, o‘zini oqlagan bu siyosiy tizimdan voz kechib bo‘lmaydi”, deydi u Milliy qurultoy yig‘ilishida so‘zga chiqib. 

To‘qayev xalqaro tajriba shundan dalolat berishini, u taklif qilgan islohotlar Qozog‘iston taraqqiyotiga kuchli turtki berishini qayd etgan. 

Eslatib o‘tamiz, 20 yanvar kuni mamlakat Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Qizilo‘rdada bo‘lib o‘tgan Milliy qurultoyning V yig‘ilishidagi chiqishi chog‘ida Qozog‘istonda yangi lavozim – respublika vitse-prezidenti lavozimi joriy etilishi va Qozog‘iston parlamenti “Qurultoy” deb qayta nomlanishi haqida gapirdi. 

Qayd etilishicha, vitse-prezident prezident topshirig‘iga ko‘ra:

  • Qozog‘iston Respublikasining xalqaro forumlar va xorijiy davlatlar delegatsiyalari bilan muzokaralardagi manfaatlarini ifodalaydi;
  • prezident manfaatlarini parlamentda taqdim etadi;
  • mahalliy va xorijiy ijtimoiy-siyosiy, ilmiy hamda madaniy-ma’rifiy tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
  • prezidentning boshqa topshiriqlarini bajaradi.

Yangi parlament – Quroltoydagi mandatlar soni 145 tagacha bo‘lishi mumkin, deputatlar esa hamma uchun yagona tartib asosida saylanadi. Hozir ularning soni 148 nafarni tashkil etadi. Parlamentda 8 ta qo‘mita bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan. Bundan tashqari, Qosim-Jomart To‘qayev Milliy qurultoyda muhim davlat tuzilmalari a’zolarini parlament orqali tayinlashni taklif qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing