To‘qayev Nazarboyevning sirini ochgan kitobi haqida gapirdi
Olam
−
03 yanvar 2024 13711 2 daqiqa
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev sobiq davlat rahbari Nursulton Nazarboyevning kitobiga o‘z fikrini bildirdi. Bu haqda u “Egemen Qazaqstan” gazetasiga bergan intervyusida gapirib o‘tdi.
"Bu kitob Mustaqillik qurilishi yilnomasi sifatida qiziqish uyg‘otadi. Donolardan biri aytganidek, xotiralar muhim, chunki haqiqatning atigi 50 foizi mavjud bo‘lsa, bu tarixiy voqealar ko‘lamini tasavvur qilish uchun yetarlidir ", deydi To‘qayev.
Uning fikricha, Nazarboyev bir necha davrlar guvohi bo‘lgan tarixiy shaxs.
"U o‘z faoliyatini Xrushev davrida komsomol faoli sifatida boshlagan, oltmish yildan ko‘proq vaqt o‘tgach, iste’foga chiqqan. Uning mustaqil Qozog‘istonning shakllanishiga qo‘shgan hissasi yaqqol ko‘rinib turibdi, bunga adolatli tarixiy baho berish kerak. Men odatda memuar, publitsistik, siyosiy ocherklarni qiziqish bilan o‘qiyman. Ammo shaxsiy xotiralarimni yozishga kelsak, hozir bunga vaqtim yo‘q”, deya qo‘shimcha qilgan To‘qayev.
O‘tgan yilning 1 dekabr kuni Nursulton Nazarboyevning “Mening hayotim. Tobelikdan ozodlik sari” nomli kitobi chop etildi. Qozog‘istonning birinchi prezidenti o‘z xotiralarida "Qonli yanvar", "Elboshi" haqidagi qonunning bekor qilinishi va o‘zini sharmanda qilgan qarindoshlari haqida yozdi. U, shuningdek, shaxsiy hayotining qorong‘u tomonlarini ochib berarkan, yana bir oilasi va ikki o‘g‘li borligini ham tan olgan.
Avvalroq Nursulton Nazarboyev Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyevga xotiralar kitobi nusxalarini sovg‘a qilgan edi.
Live
Barchasi