To‘qayev Nazarboyevni maskada tabrikladi (foto)
Olam
−
06 iyul 2020
6765Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev mamlakat Birinchi Prezidenti – Elboshi, Xavfsizlik kengashi raisi Nursulton Nazarboyevni tavalludining 80 yilligi munosabati bilan tabrikladi. To‘qayevga Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Karim Massimov va "Samruk-Kazyna" NWF xoldingi boshqaruvi raisi Axmetjan Yosimov hamroh bo‘lishgan.
Qosim-Jomart To‘qayev Elboshining Qozog‘iston rivojiga qo‘shgan alohida o‘rni va hissasini ta’kidlab o‘tdi.
“Bugun tarixiy kun – Elboshimizning 80 yilligi. U qozoq xalqining buyuk o‘g‘li. Biz odatda shunday deymiz: “Mamlakatimizning buyuk bunyodkori, buyuk Prezidenti”. Va butun dunyoda uni shunday ta’riflashadi. U haqiqatan ham buyuk inson va biz bu haqda gapirishimiz kerak. Chunki har bir xalq o‘zining buyuk shaxslari bilan tanilgan va har bir xalq o‘zining tarixiy shaxslari bilan faxrlanishi kerak”, deydi davlat rahbari.
To‘qayev Nursulton Nazarboyevning xalqaro miqyosdagi nufuzi yuqori ekanligini qayd etdi.
“Elboshi zamonaviy davlatni yaratdi, dunyo xaritasida Qozog‘iston chegaralarini aniqlab berdi. Bugun Elboshimizni butun dunyo siyosatchilari tabriklayotgani buning tasdig‘idir. 80 yillik yubiley har bir inson hayotidagi muhim bosqichdir. Men Nursulton Nazarboyevga uzoq umr tilayman. Ishonamanki, u xalqimizga, davlatimizga katta foyda keltiradi”, dedi Qosim-Jomart To‘qayev.
Qosim-Jomart To‘qayev oxirgi vaqtlarda bunday tor doiradagi tadbirlarda maska taqmayotgan edi. Prezident joriy yilning 18 iyun kuni koronavirusga chalinib, so‘ng sog‘aygan Nazarboyevning qarshisida xavfsiragan bo‘lsa ajabmas.
LiveBarchasi