To‘qayev Mirziyoyevdan o‘rnak oldi...mi?

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev tuhmat to‘g‘risidagi moddani jinoyatlar qatoridan chiqarishga qaror qildi. Bu haqda To‘qayev Jamoatchilik ishonchi milliy kengashining ikkinchi majlisida aytib o‘tdi.

“Men jinoyat kodeksining 103-moddasini (tuhmat) dekriminalizatsiya qilib, Ma’muriy kodeksga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildim”, dedi To‘qayev.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagandi. Qarorda 2020 yil mayga qadar tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jazo turlarini tayinlashni bekor qilish yuzasidan takliflar tayyorlash belgilangan.

Shavkat Mirziyoyevning ushbu tashabbusini AQSH va YeXHT baralla olqishladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Qosim-Jomart To'qaev tuhmat

Baholaganlar

214

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing