To‘qayev matbuot kotibini yangi lavozimga tayinladi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 5 yanvar kuni o‘z matbuot kotibi Ruslan Jeldibayni Prezident ma’muriyati rahbari o‘rinbosari etib tayinladi. Shu bilan birga, u o‘zining avvalgi lavozimini saqlab qoladi, deb xabar berdi mamlakat rahbari matbuot xizmati. 

“Jeldibay Ruslan Sultonuli Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari – matbuot kotibi etib tayinlansin, u ilgari egallab turgan lavozimidan ozod qilinsin”, deyiladi Prezident farmonida. 

Jeldibay 1989 yilda Jambil viloyatida tug‘ilgan. U o‘tgan yilning aprel oyida davlat rahbari matbuot kotibi lavozimiga tayinlangan edi. 

Bungacha u Qozog‘iston Bosh vaziri devoni rahbari o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. O‘tgan yillar davomida Jeldibay Prezident ma’muriyati ichki siyosat bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, Respublika Axborot va ijtimoiy rivojlanish vazirligi axborot qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing