To‘qayev Makronga qozoqcha o‘yin o‘rgatdi (foto+video)

Olam

image

Kecha, 1 noyabr kuni Fransiya rahbari Emmanuel Makron Qozog‘istonga tashrifi davomida ushbu mamlakat Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan “Etnoaul” ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Oq O‘rda xabar berdi.

Ko‘rgazma Fransiya Prezidentini qozoq xalqining madaniy merosi bilan tanishtirish maqsadida maxsus tashkil etilgan bo‘lib, mehmonlar uchun “Qozoq kurashi” milliy o‘yini va “asik atu” o‘yini bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etilgan. 

To‘qayev Makronga mashhur milliy o‘yin – asik atu o‘ynashni ko‘rsatgan.

Asik atuning ma’nosi bir yoki bir necha asikni  (qo‘chqor bo‘g‘imidagi tizza suyagi) ma’lum masofadan turib qatordan chiqarib tashlashdir. Suyaklar ularni yiqitgan o‘yinchining mulkiga aylanadi.

Shuningdek, To‘qayev va Makron “Yashil bozor” meva bozorini aylanib chiqib, xalq hunarmandchiligi, qozoq tasviriy san’ati ustalarining asarlari, shuningdek, mahalliy dizaynerlar tomonidan yaratilgan milliy liboslar kolleksiyasi bilan tanishgan.

Bundan tashqari, tozi it va yirtqich qushlarning imkoniyatlari namoyish etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Emmanuel' Makron Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing