To‘qayev koronavirusga qarshi emlandi

Olam

image
0:00
0:00
download

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi bilan emlandi. Bu haqda Prezidentning Matbuot kotibi Berik Uali Facebook’dagi sahifasida xabar bergan. 

Qayd etilishicha, ayni vaqtda Prezident o‘zini yaxshi his qilmoqda, vaksinaning nojo‘ya ta’siri sezilmagan. 

Prezident faqat Qozog‘iston fuqarolarini emlash va jamoaviy immunitetni shakllantirish koronavirusni yengishga, barcha cheklovlarni olib tashlashga va fuqarolarning oddiy hayoti va iqtisodiy faoliyatining tiklanishini ta’minlashga imkon berishiga amin. 

“Davlat rahbari yana barcha fuqarolarni vaksinani iloji boricha tezroq olishga chaqiradi. Bu o‘zingizni va yaqinlaringizni himoya qilishning yagona yo‘li”, deydi davlat rahbari voizi. 

Avvalroq, Prezident Hukumat va mahalliy ijro etuvchi organlarga xorijdan vaksinalar yetkazib berishni ta’minlash va mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek emlash jarayonini tashkil etish to‘g‘risida topshiriq bergan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

26

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing