To‘qayev xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish choralarini ishlab chiqishni buyurdi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev zamonaviy sharoitda milliy xavfsizlikka tahdidlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda bugun, 15 mart kuni Qozog‘iston rahbari matbuot xizmati respublika Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi. 

“Davlat rahbari zamonaviy sharoitda milliy xavfsizlikka oid mavjud tahdidlarni xolisona baholash, shuningdek, ularning oldini olish choralarini ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi. Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha Xavfsizlik Kengashi milliy xavfsizlik risklarini boshqarish tizimi samaradorligini oshirish va milliy manfaatlarni himoya qilishga qaratilgan qarorlar qabul qildi”, deyiladi Xavfsizlik Kengashi xabarida. 

Qayd etilishicha, tadbir davomida Qozog‘istonning 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan Milliy xavfsizlik strategiyasini amalga oshirish doirasida qabul qilingan milliy xavfsizlik xatarlarini boshqarish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining bajarilishi ko‘rib chiqilgan. Yig‘ilish ishtirokchilari Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Roman Sklyarning hisobotini, shuningdek, qator manfaatdor davlat organlari rahbarlarining axborotini tinglagan. 

2022 yil yanvar oyi boshida Qozog‘istonda ommaviy tartibsizliklar bo‘lib o‘tdi, ularning ishtirokchilari politsiya va harbiylarga hujum qildi. Respublika Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev davlat to‘ntarishiga urinish haqida e’lon qildi va yordam so‘rab KXSHTga murojaat qildi. 7 yanvarga kelib vaziyat barqarorlashdi, 19 yanvardan butun mamlakat bo‘ylab favqulodda holat bekor qilindi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu voqealar natijasida 238 kishi halok bo‘lgan, 4,5 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing