To‘qayev “katta og‘a”ning oldiga bordi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev kecha, 27 noyabr kuni rasmiy tashrif bilan Moskvaga keldi. U bugun, 28 noyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda respublika rahbari matbuot xizmati xabar berdi. 

“Ertaga Moskvada davlat rahbarlarining muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari, ikki davlat rahbarlari videokonferensiya shaklida Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlik forumida ishtirok etadilar”, deyiladi xabarda. 

To‘qayev uchun bu davlat rahbari lavozimiga kirishganidan keyingi ilk xorijiy safardir. Joriy yilning 20 noyabr kuni Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Mamlakatning amaldagi rahbari 69,44 foizlik ishtirok bilan 81,31 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Uning inauguratsiyasi 26 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. 

Shu bilan birga, Qozog‘iston prezidenti saylovlardan so‘ng Yerevanda amaliy tashrif bilan bo‘lib, 23 noyabr kuni Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti Kollektiv xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi. 

29-30 noyabr kunlari To‘qayev Fransiyada rasmiy tashrif bilan bo‘ladi. Parijda u Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda, ular davomida savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va gumanitar sohalarda strategik hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.

To‘qayev va Putin o‘rtasidagi so‘nggi ikki tomonlama uchrashuv 19 avgust kuni Sochida bo‘lib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

336

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing