To‘qayev Qozog‘iston sudlaridagi jirkanch ishlarni ma’lum qildi
Olam
−
13 fevral 2021
5973Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev mamlakat sudlaridagi korrupsiyani tag-tugi bilan yo‘q qilish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga chaqirdi.
Prezidentga ko‘ra, bu odamlarning sud tizimiga bo‘lgan ishonchini oshirishning yagona yo‘li.
Qozog‘istonda so‘nggi besh yil ichida 29 nafar sudya pora olgani va vakolatini suiiste’mol qilgani sababli o‘z lavozimidan mahrum etilgan.
Shuningdek, mamlakatda 30 yillik ish stajiga ega bo‘lgan Oliy sud sudyasi ham pora olgani uchun jazolangan.
Prezident bunday ishlarni jirkanch deb atab, sudni xulosa chiqarishga chaqirgan.
"Umuman olganda sud tizimi faol "tozalanayotgani" haqiqat. Ushbu jarayon hech qachon to‘xtatilmasligi kerak. Biz odamlarning tushunchasida shakllangan sudyaning salbiy qiyofasini o‘zgartirishimiz kerak", degan To‘qayev.
Shuningdek, u Oliy sud rahbariyatiga mutaxassislarni tayyorlashga e’tibor qaratish va kadrlar almashinuvi sabablarini tahlil qilishni buyurgan.
Prezidentga ko‘ra, sudlarda kuchli kadrlar ishlashi kerak.
LiveBarchasi