To‘qayev Qozog‘istondan xorijiy valyuta olib chiqishga cheklov qo‘ydi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 14 mart kuni moliyaviy barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjatda respublikadan qiymati 10 ming dollardan ortiq valyuta va oltin quymalarini olib chiqishni taqiqlash nazarda tutilgan.

“Milliy manfaatlarni himoya qilish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida Qozog‘iston Respublikasidan 10 000 AQSH dollari ekvivalentidan ortiq va kurs bo‘yicha hisoblangan naqd xorijiy valyutani va (yoki) xorijiy valyutadagi pul vositalarini olib chiqishni taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilaman”, deyiladi hujjatda.

Bundan tashqari, taqiq tozalangan oltinning oltin quymalarini hamda Milliy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan oltin va kumushdan yasalgan investitsiya tangalarini, shuningdek, og‘irligi 100 grammdan ortiq tozalangan oltinni olib chiqishga ham taalluqlidir.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 mart kuni rasmiy Nur-Sulton AQSHning Rossiyaga qo‘ygan sanksiyalari Qozog‘istonga ta’sir ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Amerika bilan onlayn maslahatlashuv o‘tkazgan edi.

Markaziy Osiyoning boshqa bir davlati Qirg‘iziston esa mamlakatdan naqd xorijiy valyuta olib chiqib ketishni taqiqlagan edi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

47

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing