To‘qayev qiruvchi samolyotlar kuzatuvida Pokistonga bordi (video)
Olam
−
03 fevral 5109 1 daqiqa
Bugun, 3 fevral kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev davlat tashrifi bilan Pokistonga bordi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.
“Pokiston havo hududida Qozog‘iston Prezidenti bortini harbiy-havo kuchlari qiruvchi samolyotlari kuzatib bordi”, deyiladi Oqo‘rda xabarida.
Islomobod aeroportida Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Pokiston Prezidenti Osif Ali Zardori va Bosh vazir Shahboz Sharif kutib olgan. Yuqori martabali mehmon sharafiga poytaxt aeroportida faxriy qorovul saf tortgan va artilleriya qurollaridan 21 marotaba tantanali o‘q uzilgan.
Shuningdek, Qosim-Jomart To‘qayevni Qozog‘iston va Pokiston bayroqlarini ko‘targan bolalar guruhi ham qarshi olgan. Ertaga, 4 fevral kuni oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Ularda siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari muhokama qilinadi.
Live
BarchasiErdo‘g‘an Saudiyaga bordi
03 fevral
Qashqadaryoda YPX mashinasi yonib ketdi
03 fevral