To‘qayev ertaga Xitoyga boradi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev 28-29 mart kunlari amaliy tashrif bilan Xitoyda bo‘ladi. Bu haqda Oq o‘rda matbuot xizmati.

Tashrif doirasida To‘qayevning Boao Osiyo forumi sessiyasida ishtirok etishi hamda XXR rahbariyati, xalqaro tashkilotlar va yirik Xitoy kompaniyalari rahbarlari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan. 

Ma’lumot uchun, To‘qayev o‘tgan yilning may va oktyabr oylarida Xitoyga borgan. Birinchi safar chog‘ida Xitoy va Qozog‘iston o‘rtasida 20 dan ortiq hujjat imzoladi. Ikkinchi tashrif davomida esa davlat rahbarlari ishtirokida umumiy qiymati 16,54 milliard dollarga teng 30 ta tijorat hujjati imzolandi. Bundan tashqari, To‘qayev Pekinda stajirovka o‘tagan vaqtida unga dars bergan professor Lyu Shitsin bilan gaplashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Xitoy Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing