To‘qayev Dushanbega bordi (video)

Olam

image

Bugun, 22 avgust kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev davlat tashrifi bilan Tojikiston Respublikasiga bordi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.

Dushanbe xalqaro aeroportida qozog‘istonlik mavqedoshini Tojikiston rahbari Imomali Rahmon kutib olgan.

Oliy martabali mehmonni ko‘plab yoshlar gullar va ikki davlat bayroqlari, ikki xalq do‘stligini tarannum etuvchi shiorlar bilan qarshilagan. Aeroportdagi qisqa uchrashuvda avvalgi davlat tashrifi yakunlari, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik, hamkorlik va hamjihatlikni mustahkamlash va kengaytirishga xizmat qilishiga ishonch bildirilgan. 

Tashrif doirasida tor doirada va ikki mamlakat hukumat delegatsiyalari tarkibida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkaziladi. Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Imomali Rahmonning taklifiga binoan 22-23 avgust kunlari davlat tashrifi bilan Tojikiston Respublikasida bo‘lishi ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qosim-Jomart To'qaev Qozog'iston Respublikasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing