To‘qayev Durov bilan uchrashdi

Olam

image
Pavel Durov O‘zbekistonga safari haqida yozdi north_east

Pavel Durov O‘zbekistonga safari haqida yozdi

Bugun, 2 oktyabr kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Digital Bridge 2025 xalqaro forumi doirasida Telegram asoschisi Pavel Durov bilan suhbat o‘tkazdi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, suhbat chog‘ida Qosim-Jomart To‘qayev va Pavel Durov ta’lim, sun’iy intellekt hamda kiberxavfsizlik sohalarida hamkorlik masalalarini muhokama qilgan. To‘qayev Telegram faoliyatini Qozog‘istonda raqamli kun tartibini rivojlantirishga ko‘rsatgan yordami uchun yuqori baholagan. Xususan, kompaniya rasmiy ravishda Astana Hub rezidenti bo‘lgan, Qozog‘istonda ofis ochgan va AIem.Ai markazida sun’iy intellekt laboratoriyalarini ishga tushirgan.

O‘z navbatida, Pavel Durov Qosim-Jomart To‘qayevga sun’iy intellekt sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari haqida so‘zlab bergan.

Eslatib o‘tamiz, Durov o‘tgan yili ham Qozog‘istonga tashrif buyurgan edi. U o‘z safari haqida yozar ekan 20 million qozog‘istonlikning 12,5 millioni Telegram’dan foydalanishini qayd etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Pavel Durov Telegram Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing