Pavel Durov O‘zbekistonga safari haqida yozdi
Bu qiziq
−
30 iyun
49309Rossiyalik tadbirkor va dasturchi, Sent-Kits va Nevis, BAA va Fransiya davlatlari fuqarosi Pavel Valerievich Durov O‘zbekistonning 70 foizdan ortiq aholisi Telegram'dan foydalanishini aytdi. Bu haqda u o‘z sahifasida ma’lum qildi.
“O‘zbekiston Telegram'ni yaxshi ko‘rar ekan. 37 millionlik mamlakat aholisining 70 foizdan ortig‘i ushbu platformani afzal ko‘radi va ularning butun bir iqtisodiyoti biz yaratgan platformada olib boriladi. Hattoki, ular yaratgan har bir biznesning o‘z Telegram boti yoki kanali mavjud. Biz bunday mashhurligimizdan faxrlanamiz va bu davlat aholisini doimo yaxshi ko‘ramiz”, degan Telegram asoschisi.
Durov, shuningdek, o‘zi tashrif buyurgan shaharlar haqida ham fikr bildirgan.
“O‘zbekistonga safarim chog‘ida shiddat bilan rivojlanayotgan Toshkentning zamonaviy infratuzilmasi, mamlakat sharqidagi tog‘li landshaftlar, Buxoro va Samarqandning boy tarixi meni hayratda qoldirdi. Juda ko‘p yosh va iqtidorli, qalbi pok insonlarni uchratdim. Samimiy qabul uchun minnatdorman. Sal keyinroq quyoshli Toshkentda ko‘proq qolishga harakat qilaman”, deydi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pavel Durov O‘zbekistonga safari chog‘ida mamlakat Davlat xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari Otabek Umarov bilan uchrashgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi