To‘qayev BRICS sammitida qatnashadi
Olam
−
23 avgust 2023 5661 2 daqiqa
Ertaga, 24 avgust kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev videoaloqa orqali Yoxannesburgda bo‘lib o‘tadigan BRICS’ning XV sammitida (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasi) ishtirok etadi. Bu haqda Qozog‘iston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
“Davlat rahbari Qosim-Jomart To‘qayev 2023 yil 24 avgust kuni Yoxannesburg shahrida bo‘lib o‘tadigan BRICS’ga a’zo davlatlar XV sammiti doirasida bo‘lib o‘tadigan “BRICS Plus” formatidagi Davlat rahbarlari muloqoti yig‘ilishida videokonferensaloqa orqali ishtirok etadi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, JAR Prezidenti Siril Ramafosaning taklifiga binoan Qozog‘iston rahbari yig‘ilishda Shanxay hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi sifatida so‘zga chiqadi.
Ma’lumot uchun, BRICS sammiti 22-24 avgust kunlari Yoxannesburgda bo‘lib o‘tmoqda va u so‘nggi yillardagi Global Janub davlat va hukumat rahbarlarining eng yirik uchrashuvi bo‘ladi. Taklif etilganlar orasida Afrikaning 54 ta davlati rahbarlari ham bor.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Janubiy Afrika Respublikasi Tashqi ishlar va hamkorlik vaziri Naledi Pandor 23 davlat, jumladan, Qozog‘iston ham BRICS’ga qo‘shilish uchun rasmiy ariza topshirganini bildirgandi. Shundan so‘ng Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarov Ostona BRICS davlatlari bilan hamkorlik qilishdan manfaatdorligi, biroq respublika ushbu tashkilotning to‘liq a’zosi maqomini olishi haqida gapirishga hali erta ekanini aytdi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr