To‘qayev BMT Xavfsizlik Kengashini isloh qilishga chaqirdi

Olam

image
BMT kerakmi? U qachongacha yashashi mumkin? north_east

BMT kerakmi? U qachongacha yashashi mumkin?

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev BMT Xavfsizlik Kengashini isloh qilish, unda ko‘proq davlatlarga vakillik berish zarurligini aytdi. Uning fikricha, butun dunyo uchun muhim qarorlar faqat bir nechta davlat tomonidan qabul qilinmasligi kerak. Bu haqda u bugun, 29 may kuni “Astana” xalqaro forumida so‘z ochdi.

“Milliardlab insonlar hayotiga ta’sir qiluvchi tanqidiy qarorlar faqat bir nechta mamlakat tomonidan qabul qilinmasligi kerak. Shuning uchun Qozog‘iston BMT Xavfsizlik Kengashining kengaytirilishini, xususan, mintaqaviy vakillikni kengaytirishni qo‘llab-quvvatlaydi. Kengashning tarkibiy islohoti BMTning dolzarbligini saqlab qolish va u haqiqiy dunyoni aks ettirishi uchun zarurdir”, deydi To‘qayev.

U, shuningdek, bu yil BMT tashkil topganiga 80 yil to‘lishini eslatgan.

“1945 yilda vayronkor Jahon urushidan so‘ng 51 davlat tomonidan asos solingan BMT tinch va xavfsiz dunyo sari jasur qarashni taklif qildi. Bugungi kunda tashkilotga 193 davlat a’zo bo‘lgan, bu esa yanada xilma-xil, murakkab va o‘zaro bog‘langan global hamjamiyatni tashkil etadi. Ammo BMTning asosiy tuzilmalari, ayniqsa Xavfsizlik Kengashi, deyarli o‘zgarishsiz qolgan”, deydi Qozog‘iston Prezidenti.

To‘qayevning fikricha, 80 yil oldin shakllangan institutsion tuzilma bilan zamonaviy haqiqatlar o‘rtasidagi tafovut BMTga bo‘lgan ishonch va uning samaradorligini susaytirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Reuters” BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ishchi guruhi tomonidan tayyorlangan olti sahifalik maxfiy memorandumga tayanib, BMT tubdan qayta qurish, asosiy bo‘linmalarni birlashtirish va resurslarni qayta taqsimlash masalalarini ko‘rib chiqayotgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Qosim-Jomart To'qaev BMT Xavfsizlik Kengashi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing