To‘qayev bayramda OAV xodimlariga uy berdi

Olam

image

Qozog‘istonda 28 iyun – Ommaviy axborot vositalari xodimlari kunini nishonlash doirasida “Dara” Prezident tashabbuslari jamg‘armasi mamlakatning yetakchi ommaviy axborot vositalari xodimlariga Prezident Qosim-Jomart To‘qayev nomidan kvartiralar uchun sertifikatlarni topshirdi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.

Marosimda Prezident maslahatchisi, Prezident matbuot kotibi Ruslan Jeldibay ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayramlari bilan tabrikladi.

“Davlat rahbari Qosim-Jomart To‘qayevning topshirig‘iga ko‘ra ushbu tadbir uchinchi yildirki tashkil etilmoqda. Bu Prezidentimiz mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari xodimlarini izchil qo‘llab-quvvatlayotganidan dalolatdir. Bu yil uy-joylarni nafaqat jurnalistlar, balki mahalliy ommaviy axborot vositalarining rejissyorlari, operatorlari, korrektorlari va boshqa mutaxassislari ham olmoqda. Bundan tashqari, ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarga alohida e’tibor qaratildi: oluvchilar ro‘yxatiga ko‘p bolali oilalar va nogiron bolali oilalar kiradi. Men hamkasblarimning muvaffaqiyatidan chin dildan xursandman va sizni chin qalbimdan tabriklayman”, dedi Ruslan Jeldibay.

Yangi xonadonlarning egalari orasida turli yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar, media prodyuserlik operatorlari, dubbing operatorlari ham bor.

“Davlatimiz rahbari tashabbuslaridan biri – OAV vakillarini uy-joy bilan ta’minlash “Dara” jamg‘armasining doimiy ko‘magida muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Jamiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi, fuqarolar farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladigan loyihalarni amalga oshirish asosiy qadriyatlarimizdan biri bo‘lib qolmoqda”, degan Prezident tashabbuslari “Dara” jamg‘armasi rahbari Muhammadkali Tauan.

Qozog‘istonda 2023 yilda beshta davlat ommaviy axborot vositalarining 65 nafar xodimi mulkni tekinga o‘tkazish shartnomasi bo‘yicha kvartira olgandi. 2024 yilda 68 ta xonadon turli ommaviy axborot vositalari xodimlariga berildi. Joriy yilda milliy media makon rivojiga hissa qo‘shayotgan jurnalist va texnik mutaxassislarni manzilli qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ezgu an’anani davom ettirib, yana 66 nafar media soha vakillari yangi xonadonlar kalitiga ega bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda kecha, 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun XIX xalqaro tanlovining g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tgandi. Unda QALAMPIR.UZ asoschisi Qamariddin Shayxov “Dolzarb mavzudagi eng yaxshi tanqidiy-tahliliy materiallar uchun” nominatsiyasida mukofotni qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

OAV Qosim-Jomart To'qaev Ruslan Jeldibay

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing