To‘qayev Armanistonga, Rahmon Ozarbayjonga otlanmoqda

Olam

image

Joriy yilning 15 aprel kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Armanistonga, may oyi oxirida esa Tojikiston rahbari Imomali Rahmon Ozarbayjonga yo‘l oladi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.

Oqo‘rdaning ma’lum qilishicha, Qosim-Jomart To‘qayev 15 aprel kuni bir kunlik rasmiy tashrif bilan Armanistonga boradi. U yerda To‘qayev Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va Prezident Vaagn Xachaturyan bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Tashrif dasturi yakunlangach, davlat rahbari Yerevandan Qozog‘istonning toshqin zonasida joylashgan viloyatlaridan biriga uchadi.

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon esa may oyining uchinchi o‘n kunligida Ozarbayjonga davlat tashrifi bilan bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda kecha, 12 aprel kuni Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhiddin va ozarbayjonlik mavqedoshi Jayhun Bayramov Minskda bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashida ma’lum qilgan.

Vazirlar, shuningdek, may oyining ikkinchi o‘n kunligida Ozarbayjonda Tojikiston madaniyati kunlari, tojik kinosi kunlari va Ozarbayjon-Tojikiston biznes-forumini o‘tkazish yuzasidan fikr almashishgan.

Bungacha Imomali Rahmon 2018 yil avgust oyida rasmiy tashrif bilan Bakuda bo‘lgan. Aprel oyida Yerevanga bo‘ladigan tashrif esa To‘qayevda birinchisi bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Prezidenti shu oyda Qozog‘iston va Ozarbayjonga borishi ma’lum bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Armaniston Imomali Rahmon Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing