To‘qayev Administratsiyasiga yangi rahbar tayinladi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Murat Nurtleuni o‘z ma’muriyati rahbari etib tayinladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi. 

“Nurtleu Murat Abugaliyevich Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari etib tayinlansin”, deyiladi Prezident farmonida. 

Shu kunning o‘zida To‘qayev Nurtleuni Respublika Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod qildi.

45 yoshli Nurtleu 2022 yil yanvaridan beri Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Ilgari u Qozog‘iston Prezidenti ma’muriyati rahbari o‘rinbosari, Respublika Prezidenti yordamchisi lavozimlarida ishlagan.

Shuningdek, bugun, 1 fevral kuni Qozog‘iston Prezidenti Yerlan Koshanovni o‘z ma’muriyati rahbari lavozimidan ozod qildi. Koshanov Respublika Majilisi (parlament quyi palatasi) raisi etib tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston To'qaev

Baholaganlar

102

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing