To‘qayev harbiy qismdagi portlash ortidan Mudofaa vazirini ishdan oldi

Olam

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 26 avgust kuni Qozog‘istonning Jambil viloyati Bayzoq tumanida joylashgan harbiy qismda portlash sodir bo‘lgandi. Shundan so‘ng, mamlakat Mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayev iste’foga chiqishga tayyorligini ma’lum qilgandi.

Bugun, 31 avgust kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayevning iste’fosini qabul qildi. Bu haqda davlat rahbarining Matbuot kotibi Berik Uali xabar bermoqda.

Qayd etish kerakki, Jambil viloyatidagi o‘q-dorilar saqlanadigan harbiy qism omborida yuz bergan portlashda 15 kishi halok bo‘lgan, 1 kishi bedarak yo‘qolgan. 100 ga yaqin odam jabrlangan. 

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda ombordagi portlashlarda qurbon bo‘lganlar xotirasiga “29 avgust – motam kuni” deb e’lon qilingandi.

Ma’lumot o‘rnida, Nurlan Yermekbayev 2018 yil avgust oyida Qozog‘iston Mudofaa vaziri etib tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

142

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing