Tug‘uruqxonada vafot etgan ayol voqeasi bo‘yicha munosabat bildirildi

3-sahifa

image

Avvalroq Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasining tug‘uruq bo‘limida 32 yoshli homilador ayol vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 3 aprel kuni soat 02:45 da 1992 yilda tug‘ilgan X.A. qorin va beldagi og‘riq bilan Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limiga “Homiladorlik 4, 39 hafta tug‘uruq, 3 tug‘uruqning 1 davri, latent fazasi, semizlik 3 daraja” tashxisi bilan qabul qilingan. Bemor shifokorlar nazorati ostida bo‘lgan.

4 aprel kuni soat 14:10 da ayolning to‘satdan ahvoli og‘irlashib, havo yetishmasligi va yurak sohasida og‘riq bilan nafas olishi qiyinlashgan.

Shundan so‘ng, zudlik bilan reanimatolog ishtirokida bemorda zarur reanimatsion choralar amalga oshirilgan. Biroq shunga qaramay, soat 14:35 da ayolda biologik o‘lim holati kuzatilgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, bemorning o‘limiga yurak ishemik kasalligi, o‘tkir koronar yetishmovchiligi, yurak mushaklarining gipertrofiyasi va o‘tkir miokard infarkti sabab bo‘lgan.

“Hozirda mazkur holat bo‘yicha huquq-tartibot idoralari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Yakuniy xulosalar bo‘yicha jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyiladi vazirlikning rasmiy munosabatida.

 


Maqola muallifi

Teglar

Ohangaron Tug'uruqxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing