Tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosini bekor qilish ma’qullandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ninchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Senat yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan xulosaga ko‘ra, Jinoyat kodeksidan tuhmat va haqorat qilganlik uchun mavjud bo‘lgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi chiqarib tashlanib, o‘rniga jarima yoki majburiy jamoat ishi jazosi qo‘shiladi.

Shuningdek, qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va Jinoyat kodeksiga yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik belgilanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Senat

Baholaganlar

87

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing