SSKA 3,5 million dollarlik transferni amalga oshirmoqchi

Sport

image

Moskvaning SSKA klubi Argentinaning “River Pleyt” yarim himoyachisi Rodrigo Villagrani 3,5 million dollarga transfer qilish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda insayder Xerman Garsiya Grova X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, “armiyachilar” jamoasida kelishuvni yakunlash uchun 48 soat vaqt bor. “River Pleyt” 24 yoshli argentinalik futbolchining 50 foiz huquqlari uchun 5 million dollar talab qilmoqda.

Villagra 2024 yilning qishidan buyon “millionerlar” safida o‘ynab kelmoqda. Bu davrda u barcha turnirlarda 36 ta uchrashuvda qatnashib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Argentina klubi bilan amaldagi kelishuv 2027 yilning dekabrigacha amal qiladi. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 5,5 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

TsSKA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing