Sement zavodida ro‘y bergan portlashda bir kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Qozog‘istonning Turkiston viloyatidagi sement zavodida ro‘y bergan portlashda bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, hodisa Turkiston viloyatining Tulqubas tumanidagi Sastobe qishlog‘ida joylashgan sement zavodida sodir bo‘lgan. Sexdagi portlash oqibatida uch kishi jiddiy jarohatlar bilan Sayram tuman shifoxonasiga olib borilgan.

Bosh shifokor Ergali Saduaqasuluning so‘zlariga ko‘ra, ular o‘ta og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan, ikki bemorga 100 foiz, uchinchisiga esa 70-75 foiz kuyish tashxisi qo‘yilgan. Afsuski, 52 yoshli erkak ko‘rsatilgan yordamlarga qaramay shifoxonada vafot etgan. 

“Hozir ikki kishi reanimatsiya bo‘limida yotibdi. Shifokorlarimiz tomonidan kerakli barcha tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda”, deydi Sayram tumani shifoxonasi bosh shifokori.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 oktyabr kuni ertalab Qozog‘istondagi ko‘mir konida portlash sodir bo‘lgandi.

Mamlakat Bosh prokuraturasiga ko‘ra, hokimiyat tomonidan kon yoki qurilish ishlarini olib borishda xavfsizlik qoidalarini buzish (Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi) moddasi bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv boshlangan

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev kondagi portlashdan so‘ng, “ArselorMittal Temirtau” bilan investitsiyaviy hamkorlikni to‘xtatishni buyurgan. Davlat rahbari 29 oktyabrni halokat qurbonlari xotirasiga umumxalq motam kuni deb e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston portlash shifoxona Turkiston Tsement zavodi kuyish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing