Sement bo‘yicha bojxona imtiyozi bekor qilinadi
Jamiyat
−
16 may 2019
41092020 yil 1 yanvarga qadar muddatga import qilishda bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha imtiyoz beriladigan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno) mahsulot, xomashyo va materiallar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Norma nashri xabar tarqatdi.
Malumot uchun, ro‘yxat prezidentning 2018 yil 17 yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan, shu tariqa, imtiyoz 2018 yil 18 yanvardan qo‘llanilgan.
Bojxona imtiyozi tatbiq etiladigan tovarlar ro‘yxatida sement, shu jumladan, sement klinkeri mavjud. 2019 yil 1 oktyabrdan sement chiqarib tashlanadi, biroq ushbu pozitsiyada imtiyozlar sement klinkeriga nisbatan saqlanib qoladi.
Mazkur holatda imtiyozlar asosiy qurilish materiallari, shu jumladan, sement klinkeri va asbest import qilinishida ishlab chiqaruvchi korxonalarga o‘zlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ham qo‘llanadi.
Hujjat joriy yilning 1 oktyabridan kuchga kiradi.
LiveBarchasi