Triadadan taktik raketalargacha: kimlarning qo‘lida yadro qurollari bor?

Bu qiziq

image

Yer yuzida yadro qurolidan ilk bor foydalanilganiga 80 yil bo‘ldi. Shundan buyon ushbu qurol butun dunyoni qo‘ruvda ushlab turibdi. Amerikaning “Military Watch Magazine” (MWM) harbiy jurnali yashirin arsenallar va mamlakatlarning yadroviy salohiyat darajasiga ko‘ra tasnifladi.

Yadro zarbasi berish imkoniyatiga ega bo‘lgan davlatlar soni tobora ortib bormoqda. Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma faqat AQSH, Xitoy, Rossiya, Fransiya va Buyuk Britaniyaga yadro kallaklariga egalik qilishni ruxsat etgan bo‘lsa-da, bugungi kunda jami 15 davlat hech bo‘lmaganda cheklangan darajada yadro zarbasi berish imkoniyatiga ega. Ularga to‘rtta shartnomani imzolamagan davlat hamda yadroviy almashinuv bitimida ishtirok etayotgan olti mamlakat kiradi.

Bu davlatlar keng ko‘lamli mojaroda ulardan foydalanish imkoniyati berilishi hisobiga o‘z hududida saqlanayotgan Amerika yoki Rossiya yadroviy o‘q-dorilaridan foydalanish uchun tayyorlanmoqda. Yadro quroliga ega davlatlarni arsenallari va yetkazib berish vositalarining hajmi, imkoniyatlari va xilma-xilligiga qarab to‘rt toifaga bo‘lish mumkin. Quyida dunyodagi yadroviy arsenallar sharhi keltirilgan.

Rossiya Aэрокосмик kuchlariнинг Ту-160 strategik бомбардимончиси

Birinchi daraja: AQSH, Rossiya va Xitoy

Bu uch davlat to‘liq yadroviy triadaga ega mamlakatlardir va ular qit’alararo zarbalar berish imkoniyatiga ega. Bu degani, ular yadroviy qurollarni quruqlikdagi raketa tizimlarida, strategik bombardimonchilarda va suvosti kemalarida joylashtirgan. Ularning arsenali ham taktik, ham strategik vositalarni o‘z ichiga oladi. Xitoy arsenali AQSH va Rossiyanikidan beshdan bir qismga kichikroq bo‘lsa-da, uning doktrinasi dunyodagi eng ehtiyotkor va mudofaa xarakteridagi hisoblanadi.

Rossiya ko‘proq kallaklar joylashtirgan, taktik ballistik raketalarning katta arsenaliga va qit’alararo gipertovushli bloklarga ega. AQSH esa yashirin qiruvchi va bombardimonchilarda taktik yadroviy qurol joylashtirgan yagona davlat. Shu bilan birga, AQSHning qit’alararo ballistik raketalari eskirgan, chunki asosiy namunalar 1970 yillarda ishlab chiqilgan. Rossiya esa Amerika bombardimonchilariga javoban o‘z tutib qoluvchi samolyotlarini dunyodagi yagona yadroviy “havo-havo” raketalari bilan qurollantirgan.

Ikkinchi daraja: KXDR, Hindiston, Pokiston, Isroil

Bu davlatlar shartnoma doirasidan tashqarida yadroviy qurol ishlab chiqqan. Isroil bunga Fransiyaning katta yordami bilan erishgan. Ularning barchasida turli yetkazib berish vositalari bor, faqat KXDRdan tashqari hammasi havodan zarba berish imkoniyatini tasdiqlagan. Shimoliy Koreya va Isroil qit’alararo ballistik raketalarga ega bo‘lgan besh davlat qatoriga kiradi. KXDR arsenali eng kuchlilaridan biri sifatida baholanadi: uning raketa kuchlari xilma-xillik bo‘yicha faqat Xitoydan keyin turadi. Pxenyan suv osti kemalaridan uchiriladigan ballistik va qanotli raketalar, gipertovushli blokli o‘rta masofali raketalar, yadroviy suvosti dronlari va yadroviy raketali esminetslarga ega. Shimoliy Koreya ushbu to‘rt davlat orasida yadroviy kuchlari, avvalo, qit’alararo zarbalar uchun mo‘ljallangan yagona mamlakatdir. Pokiston esa artilleriya tizimlari uchun yadroviy o‘q-dorilar joylashtirgan yagona davlat bo‘lib qolmoqda, bu unga taktik darajadagi zarbalarni amalga oshirish imkonini beradi.

Uchinchi daraja: Buyuk Britaniya va Fransiya

Bu davlatlarning yadroviy imkoniyatlari cheklangan, asosan, ballistik raketali suv osti kemalariga tayanadi. Fransiya Rafale qiruvchilari orqali cheklangan taktik imkoniyatlarni saqlab qolgan, biroq ularning eskirgani va yashirinmasligi jiddiy kamchilik hisoblanadi. Buyuk Britaniya AQSH bilan yadroviy almashinuv bitimi orqali taktik imkoniyatlarni tiklamoqchi. Bu orqali uning F-35A qiruvchilari mamlakat hududida joylashtirilgan Amerikaning B61-12 bombalaridan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Ammo Londonda mustaqil taktik yadroviy kuch yo‘q. Har ikkala davlat strategik to‘suvchi kuchlariga ega bo‘lsa-da, yetkazib berish vositalarining xilma-xilligi juda cheklangan va taktik imkoniyatlarda katta kamchiliklarga ega.

Britaniyaнинг Vanguard синфиdaги suv osti кемаси va Trident II ballistik raketaси

F-35A синов пайтиda B61-12 yadro бомбасини ташлаш жараёни

To‘rtinchi daraja: Germaniya, Niderlandiya, Turkiya, Belgiya, Italiya va Belarus

AQSH Germaniya, Niderlandiya, Turkiya, Belgiya va Italiya bilan yadroviy almashinuv bitimlarini imzolagan, tez orada Buyuk Britaniya bilan ham shunday kelishuv tuzilishi kutilmoqda. Bu bitimlar amalda Vashingtonga yadroviy qurolni kengroq tarqatish imkonini beradi. Bunday amaliyot bahsli bo‘lib, ayrim tahlilchilar uni Yadro qurolini tarqatmaslik shartnomasining I va II moddalarini buzadi, deya qayd etishmoqda. Ishtirokchi davlatlar faqat havo orqali tashlanadigan B61 yadroviy bombalaridan foydalanadi. Ular F-16 yoki F-35A qiruvchilariga, Germaniyada esa eskirgan Tornado samolyotlariga o‘rnatiladi. Belarus 2023 yilda Rossiya bilan yadroviy almashinuv bitimi tuzdi va “Iskander-M” raketa tizimlarida kallaklar joylashtirdi. Belarus arsenali 2025 yil oxirigacha o‘rta masofali “Oreshnik” gipertovushli raketalari va ehtimol yadroviy reaktiv artilleriya tizimlari hisobiga kengaytirilishi kutilmoqda. Biroq yadroviy almashinuv bitimida qatnashayotgan davlatlar arsenallaridan mustaqil foydalanish imkoniyatiga ega emas – bu Vashington yoki Moskva tomonidan bloklanishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

yadro quroli ballistik raketa yadroviy triada taktik raketa gipertovushli blok

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing