Putin “dunyodagi eng qudratli” deb atagan raketa sinovdan o‘tkazildi (video)
Olam
−
14:55 3623 2 daqiqa
Rossiyada “Sarmat” ballistik raketasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi. Mamlakat Prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, uning quvvati istalgan G‘arb analogidan yuqori. Bu haqda Kreml saytida xabar berildi.
Qayd etilishicha, “Sarmat” nomli qit’alararo ballistik raketaning sinovlari kecha, 12 may kuni bo‘lib o‘tgan. Strategik raketa qo‘shinlari qo‘mondoni Sergey Karakayevning so‘zlariga ko‘ra, u Sovuq urush davrida ishlab chiqarilgan “Voyevoda” majmuasi o‘rnini egallaydi.
“Jangovar imkoniyatlari bo‘yicha “Sarmat” o‘z o‘tmishdoshidan ustundir, ayniqsa uchish masofasi, olib chiqiladigan yuk vazni, uchishga shaylik darajasi va mavjud hamda istiqboldagi raketaga qarshi mudofaa tizimlarini kafolatli yengib o‘tishga imkon beruvchi vositalar majmuasi bilan ajralib turadi.
“Sarmat” raketa majmuasiga ega uchirish qurilmalarining joylashtirilishi strategik yadroviy kuchlarning yerdagi guruhlari jangovar imkoniyatlarini ob’ektlarni kafolatli yo‘q qilish va strategik tiyib turish vazifalarini hal qilishda sezilarli darajada oshiradi”, deydi Karakayev.
Vladimir Putin “Sarmat” raketasi ustidagi ishlar 2011 yilda boshlanganini ma’lum qilgan.
“Bu dunyodagi eng qudratli raketa majmuasidir. Yetkazib beriladigan jangovar zaryadning umumiy quvvati mavjud bo‘lgan eng kuchli G‘arb analogidan 4 baravar ko‘p. Ikkinchidan, va eng muhimi, raketa nafaqat ballistik, balki suborbital trayektoriya bo‘yicha ham harakatlanishi mumkin. Uchinchidan, bu 35 ming kilometrdan ortiq masofada qo‘llashni ta’minlaydi, ayni paytda aniqlik ko‘rsatkichlari ikki baravar yaxshilangan va nihoyat, mavjud hamda istiqboldagi barcha raketaga qarshi mudofaa tizimlarini yengib o‘tish imkoniyatiga ega”, deydi Putin.
Qayd etilishicha, “Sarmat” 2026 yil yakuniga qadar jangovar navbatchilikka qo‘yiladi.
Live
Barchasi