Traverse mashinasini navatsiz xarid qiling!
Texnologiya
−
09 Oktabr 2023
7292Endilikda Chevrolet Traverse mashinasini navbatlarsiz, bir kun ichida xarid qilish mumkin
Chevrolet Traverse – Chevrolet kompaniyasining to‘liq o‘lchamli yetti yoki sakkiz o‘rindiqli krossover mashinasi hisoblandi. U ilk bor bundan bir necha yil oldin Chikagodagi avtosalonda taqdim etilgan va o‘sha yilning oktyabr oyidan sotuvga chiqa boshlagan edi. Ilg‘or texnologiyalar yordamida yaratilgan avtomobil ko‘p funksiyali tizimi, mustahkam ko‘rinishi va yangilangan intereri orqali har qanday topshiriqqa moslasha oladi.
Traverse boshqa turdagi mashinalardan bir qator afzalliklari bilan ajralib turadi. Jumladan, bagaj qismini masofadan ochish, avtomatik tarzda chiroqlarini sozlash, simsiz zaryadlash qurilmasi, 360 gradusli kamera va boshqa ko‘plab funksiyalari bilan o‘ziga xosdir.
Mashinaning 3,6 litr sig‘imga ega dvigateli 318 ot kuchiga ega. Avtomobil bemalol 7,6 soniyada 100 km/soatga chiqa oladi. Yetti o‘rindiqli avtomobil bir qator so‘nggi funksiyalar bilan birga eng ilg‘or texnologiyalarni taklif etadi.
Traverse’ning eng kuchli tomonlaridan biri uning tashqi ko‘rinishidir. Avtomobil yirik radiator panjarasi, agressiv yoritish texnikasi, kuchli tayanch tomlar, kvadrat g‘ildirak kamarlari-yu, tekis yon tomonlari hamda qabartmali bamperlarga ega.
Mashinaning g‘ildirak tizimi ham ancha mukammal bo‘lib, uning orqa g‘ildiraklari sirpanchiq yo‘llarda nazoratni erkin ushlaydi. Old g‘ildiraklari esa yoqilg‘i tejamkorligini ta’minlaydi. Shuningdek, avtomobil g‘ildiraklari harakat davomida to‘liq yoki faqat old rejimga o‘tib harakatlanishi mumkin.
Zamonaviy Chevrolet modellari dizaynida bezatilgan krossover intererida yumshoq chiziqlar ustunlik qiladi. 7-8 dyuymli sensor displeyli esa Me Link multimedia tizimiga bevosita bog‘langan. Rul boshqaruvi ham yumshoq bo‘lib, harakat davomida hech qanday qiyinchiliksiz boshqarish mumkin. Mashina salon qismi ancha keng. Bu esa oilaviy sayohat uchun ayni mos tushadi. Mashinada texnik nosozlik kuzatilgan taqdirda ham mahalliy bozordan hech qanday qiyinchiliksiz texnik qismlari topiladi.
Eng asosiysi shundaki, endi mashina xarid qilish uchun oy yoki yillar kerak emas. Bir kun ichida shartnoma tuzib, mashina egasiga aylanish mumkin.
LiveBarchasi