Prezident namanganlik nuroniyga Traverse sovg‘a qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida yashovchi 108 yoshli Ibrohimjon hoji ota Xo‘jayevga Traverse rusumli avtomashinani sovg‘a qildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga Axsikent arxeologiya parki direktori Anvar Ikromov ma’lum qildi.

Yaqinda Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida aholi vakillari bilan iftorlikda ishtirok etib, kayvoni nuroniylar bilan muloqotda bo‘lgandi. Jumladan, Namangan tumanidagi Mullakuding qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 108 yoshli Ibrohimjon hoji ota Xo‘jayev davlat rahbari haqiga duo qilgan.

Ramazon oyi va yaqinlashib kelayotgan Hayit bayrami munosabati bilan Prezident nuroniy Ibrohimjon hoji ota Xo‘jayevga Traverse avtomashinasini tuhfa qilgan.

Otaxon tasavvuf ilmining buyuk namoyandasi Ahmad Yassaviy avlodidan ekani aytiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yilda ham Ibrohimjon hoji ota bilan uchrashgan va o‘shanda Malibu avtomobilini sovg‘a qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Traverse Ibrohimjon hoji ota

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing