Trass iste’foga chiqib, katta ziyofat berdi
Olam
−
23 Oktabr 2022
15481Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri Liz Trass 22 oktyabr kuni London yaqinidagi Chekers qarorgohida iste’foga chiqishi munosabati bilan ziyofat uyushtirdi. Bugun, 23 oktyabr kuniga yana bir ziyofat rejalashtirilgan. Bu haqda “The Sunday Times” nashri xabar berdi
22 oktyabr kuni Liz Trass o‘zi boshqargan hukumat vazirlariga minnatdorlik bildirish uchun tadbir o‘tkazgan. Sobiq Bosh vazir o‘zining eng yaqin hamkorlari va ularning sheriklari uchun bugun yana bir ziyofat tashkil qiladi.
Gazetaning ta’kidlashicha, Boris Jonson iste’foga chiqishini e’lon qilganidan keyin vaqtinchalik Bosh vazir bo‘lib turgan vaqtida ham xuddi shunday yo‘l tutgan.
Eslatib o‘tamiz, 20 oktyabr kuni Liz Trass Konservativlar partiyasi yetakchisi va Buyuk Britaniya Bosh vaziri lavozimlarini tark etishini ma’lum qilgan edi.
Qayd etish joizki, Trass Britaniya Bosh vaziri lavozimini eng qisqa vaqt egallagan hukumat rahbariga aylandi.
LiveBarchasi