Ish boshlaganiga 2 oy to‘lmagan Britaniya Bosh vaziri Trass iste’foga chiqishini e’lon qildi
Olam
−
20 Oktabr 2022
12835Liz Trass Konservativlar partiyasi yetakchisi va Buyuk Britaniya Bosh vaziri lavozimlarini tark etishini ma’lum qildi.
U yangi hukumat rahbari saylanguniga qadar Britaniya Bosh vaziri bo‘lib qoladi.
“Britaniyaning yangi Bosh vaziri bir hafta ichida saylanadi”, dedi Trass.
TASSning yozishicha, Trass Britaniya Bosh vaziri lavozimini eng qisqa vaqt egallagan hukumat rahbariga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, Liz Trass joriy yilning 6 sentyabr kuni Qirolicha Yelizaveta II ning o‘limidan ikki kun oldin Britaniya Bosh vaziri sifatida lavozimga kirishgan edi.
LiveBarchasi