Transport vaziri lavozimiga yangi nomzod ma’qullandi. Avvalgi vazir avgustda ishdan ketgandi
Jamiyat
−
22 fevral 2021 8965 1 daqiqa
Bugun, 22 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar Transport vaziri lavozimiga Ilxom Mahkamov nomzodini ko‘rib chiqdilar.
Xalq vakillari tomonidan Ilxom Mahkamov nomzodi ma’qullandi.
Ilhom Mahkamov o‘tgan yilning oktyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangandi. Shu kunga qadar u Transport vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan.
Sobiq Transport vaziri Elyor G‘aniyev 2020 yil 5 avgustda O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan lavozimidan ozod qilingan.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr