Transport monopollarining rahbarlari “v.b.” maqomini oldi
Jamiyat
−
01 fevral 2020
10545Avvalroq, O‘zbekiston Transport sohasi rahbarlari egallab turgan lavozimidan ozod qilinib, yana o‘sha lavozimga vazifasini bajaruvchi qilib ishga olingani haqida xabar bergan edik. Unga ko‘ra, “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyati rahbarining ishga layoqti masalasi ko‘rib chiqilishi kerak edi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “O‘zbekiston temir yo‘llari” va “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatlarining yagona aksiyadori sifatida ushbu tashkilotlardagi rahbarlarning mas’uliyatini oshirish maqsadida quyidagi qarorni qabul qildi.
Xusniddin Nuriddinovich Xosilov “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimidan ozod etilsin hamda jamiyat boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlansin.
Zafar Ergashboyevich Mahamatov “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati bosh menejer – bosh muxandis lavozimidan ozod etilsin va jamiyat bosh menejer – bosh muxandis vazifasini bajaruvchi etib tayinlansin.
Akmal Saydakbarovich Kamalov “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilsin va jamiyat raisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlansin.
Mansur Qo‘chqorovich Rajapov “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilsin va jamiyat raisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlansin.
Hayitboy Ahmadaliyevich Omonov “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilsin va jamiyat raisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlansin.
O‘tkir Nazirovich Tursunqulov “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilsin va jamiyat raisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlansin.
Oybek Nosirboyevich Hudoyqulov “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi o‘rinbosari – “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi boshlig‘i lavozimidan ozod etilsin va jamiyat raisi o‘rinbosari - “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlansin.
Baxtiyor Ibragimovich Hakimov “Uzbekistan Airways” AJ boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Umid Abrorovich Husanov “Uzbekistan Airways” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari – Ishlab chiqarish bo‘yicha direktor lavozimidan ozod etilsin va boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari – Ishlab chiqarish bo‘yicha direktori vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlansin.
Aziz Faridovich Safiullin “Uzbekistan Airways” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari – Strategik, axborot va innovatsion rivojlanish, import va mahalliylashtirish bo‘yicha direktor lavozimidan ozod etilsin va boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari – Strategik, axborot va innovatsion rivojlanish, import va mahalliylashtirish bo‘yicha direktori vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlansin.
Shuhrat Shavkatovich Xudoyqulov “Uzbekistan Airways” AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari – tijorat va turizm bo‘yicha direktor lavozimidan ozod etilsin va boshqaruv raisining o‘rinbosari – tijorat va turizm bo‘yicha direktori vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlansin.
Alidjon Inayatovich Almamedov “Uzbekistan Airways” AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari – parvozlar bo‘yicha direktor lavozimidan ozod etilsin va boshqaruv raisining o‘rinbosari – parvozlar bo‘yicha direktori vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlansin.
Gennadiy Viktorovich Xarlap “Uzbekistan Airways” AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari – texnik direktor lavozimidan ozod etilsin va boshqaruv raisining o‘rinbosari – texnik direktori vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlansin.
Alisher Abduvoxobovich Sattarov “Uzbekistan Airways” AJ moliya direktori lavozimidan ozod etilsin va moliya direktori vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlansin.
LiveBarchasi