Transchegaraviy pul o‘tkazmalari oqimi tiklana boshladi – MB

Jamiyat

image

O‘zbekistonga xorijdan valyuta kirib kelishi tiklanmoqda. Markaziy bankning ma’lum qilishicha, mamlakatda va xalqaro maydonda iqtisodiy faollik tiklanayotganini ta’kidlab o‘tgan.

Bildirilishicha, may oyida tijorat banklariga savdo va pullik xizmatlardan naqd pullar tushumi ham tiklana boshlagan. Xususan, aprelda banklarga 3,4 trln so‘mlik naqd pul tushumi kelib tushgan bo‘lsa, mayda mazkur ko‘rsatkich 44 foizga oshib, 4,9 trln so‘mni tashkil etgan.

Shu bilan birga, may oyida savdo va pullik xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlarda terminal orqali to‘lovlar hajmi aprelga nisbatan 25 foizga ko‘payib, 5,2 trln so‘mga yetgan.

Shu kabi holat O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi savdolarida ham kuzatilgan. Joriy yil aprelda savdo hajmi oldingi oyga nisbatan 9,4 foizga pasaygan bo‘lsa, may oyida 39,7 foizga o‘sgan.

Bundan tashqari, transchegaraviy pul o‘tkazmalari oqimi tiklana boshlagan va bu o‘z navbatida, aholining iste’mol kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlangan. Xususan, may oyida pul o‘tkazmalari hajmi aprelga nisbatan 234 mln dollarga ko‘paydi va 484 mln dollarni tashkil etgan.

Avvalroq, Markaziy bank asosiy stavkani 15 foiz darajasida saqlab qolgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank vayuta

Baholaganlar

30

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing