Trampning sudi qanday ketyapti? Senatda so‘z qoralovchilarga berildi

Olam

image

Avvalroq, AQSH Senatida mamlakat Prezidenti Donald Trampning impichmenti masalasini ko‘rish boshlangani haqida xabar bergan edik. Tramp ustidan sudning birinchi kunida Senat spikeri Mitch Makkonnell impichment jarayoni tezlashtirilgan tartibda o‘tishini e’lon qilgandi.

Impichment bo‘yicha eshituvning ikkinchi kunida so‘z qoralovchi tomon ya’ni, Kongress quyi palatasi menejerlariga berildi. Ular o‘z nutqini boshlaganda sud jarayonini eslatuvchi Senat eshituvi ikki siyosiy partiyaning qarama-qarshilik maydoniga aylanib ketdi.

Demokratlar – impichment menejerlari Trampga o‘z ayblovini e’lon qilib, dalillarini keltirayotgan bir vaqtda respublikachilar ularni haqorat qilib, yolg‘onchilikda ayblab turdi va Prezidentni himoya qildi.

Agar, ayblovchilar o‘ziga ajratilgan vaqtdan to‘liq foydalansa, ular ertaga, juma kuni yakunlaydi. Shunday qilib, shanba kuni so‘z himoyachi tomonga beriladi. 

Qayd etish kerakki, impichment qoidalari olti kunlik ish haftasi amal qilgan zamonlarda yozilgan. Shuning uchun, eshituvlar shanba kuni ham davom etaveradi.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp Quyi palata tomonidan mansab vakolatini suiiste’mol qilish va Kongress surishtiruviga to‘siq bo‘lishda ayblanyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp impichment Kongress

Baholaganlar

164

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing