Trampning odami yana Ukrainaga boradi
Olam
−
11 iyul 2650 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Trampning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellogg joriy yilning 14 iyul kuni Kiyevga tashrif buyuradi. Bu haqda 9 iyul kuni Kellogg Rimda Ukraina tiklanishiga bag‘ishlangan konferensiya doirasida “Novini Live”ga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Ma’lum qilinishicha, AQSH vakilining tashrifi bir hafta davom etishi mumkin.
“Biz 14 iyul Kiyevda bo‘lamiz. Biz u yerda butun hafta bo‘lamiz”, degan AQSH vakili.
Qo‘shimcha qilinishicha, Rimdagi konferensiya doirasida Kellogg Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan ham uchrashgan. Uchrashuvda Ukrainaga qurol-yarog‘ va havo mudofaa tizimlari yetkazib berish masalasi muhokama qilingan.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi marta AQSH Prezidenti Donald Trampning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellogg joriy yilning 20 fevral kuni Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan uchrashgandi. O‘zaro suhbat davomida keyingi qadamlar, Ukrainaning xavfsizlik kafolati haqida samimiy suhbat bo‘lib o‘tgan.
Live
Barchasi