Trampning odami Rossiyaga serqatnov bo‘lib qoldi

Olam

image
Trampning odami rossiyaparast takliflarni ilgari surmoqda north_east

Trampning odami rossiyaparast takliflarni ilgari surmoqda

AQSH Prezidenti Donald Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff joriy haftada Moskvaga borishni rejalashtirmoqda. Bu haqda bugun, 22 aprel kuni Rossiya Prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov “Interfaks” nashriga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, jurnalist tomonidan Stiv Uitkoff Rossiyaga tashrif buyurishi haqida berilgan savolga Prezident yordamchisi “Biz uni kutyapmiz”, deya javob bergan.

Ammo nashr Uitkoffning aynan qachon Rossiyaga borishi va kimlar bilan uchrashishi haqida aniq ma’lumot keltirmagan.

Avvalroq, “The Wall Street Journal” (WSJ) G‘arb rasmiylariga tayanib, Uitkoff hafta oxirida Londonda AQSH, Ukraina va Yevropa vakillari uchrashuvidan so‘ng yana Rossiyaga tashrif buyurishi mumkinligi haqida yozgan edi. Uitkoff 23 aprel kuni u yerda AQSH Davlat kotibi Marko Rubio va Prezidentning maxsus vakili Kit Kellogg bilan birgalikda Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralarning ikkinchi bosqichida ishtirok etadi. Uchrashuvda, shuningdek, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va Ukraina Tashqi ishlar vazirlari va milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilari ishtirok etishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 11 aprel kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgdagi prezident kutubxonasi binosida Amerika yetakchisining maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Uchrashuv to‘rt soatdan ko‘proq davom etdi. Suhbat yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tdi. Asosiy mavzu Ukrainadagi vaziyat edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Yuriy Ushakov Stiv Uitkoff

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing