Trampning odami Putunni ko‘ndirish uchun Moskvaga boradi

Olam

image

Kelasi hafta AQSH Prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi. Bu haqda kecha, 25 noyabr kuni AQSH Prezidentining shaxsan o‘zi Air Force One bortida jurnalistlarga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Trampning aytishicha, uning maxsus vakili Stiv Uitkoff kelasi hafta Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi. Amerika rahbari o‘zining kuyovi Jared Kushner ham tinchlik jarayonida ishtirok etayotganini aytgan va u Uitkoff bilan birga Rossiyaga borishi mumkinligini istisno etmagan. 

“Stiv Uitkoff, ehtimol, Jared bilan birga boradi. Jared boradimi yoki yo‘q aniq emas, ammo u kelishuv jarayonida ishtirok etmoqda. U aqlli yigit va ular Prezident Putin bilan kelasi hafta Moskvada uchrashadi”, degan AQSH yetakchisi. 

U kelishuvga erishish uchun qat’iy muddat yo‘qligini ta’kidlagan.

Oq uy rahbarining aytishicha, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSHga kelmoqchi, biroq avval bitim imzolanishi kerak. Tramp suhbatlar “yaxshi ketayotganini” qo‘shimcha qilgan.

Tramp 25 noyabr kuni Putin bilan muzokaralar uchun o‘zining maxsus vakilini Moskvaga yuborishini bildirgan. Shu bilan bir vaqtda AQSH Armiya vaziri Deniyel Driskoll Ukraina tomoni bilan aloqada bo‘lishi aytildi. 

Ukraina Prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak Driskoll bilan muloqot qilgani va uni Kiyev ham kutayotganini aytdi.

“Bloomberg” xabariga ko‘ra, Uitkoff Rossiya Prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov bilan tinchlik rejasi bo‘yicha telefon orqali suhbatlashgan.

Driskoll avvalroq Kiyevga kelib, Tramp ma’muriyatining 28 bandlik tinchlik rejasini taqdim etgan edi. 23 noyabr kuni Jenevada AQSH va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng reja sezilarli darajada o‘zgartirildi. “Politico” ma’lumotlariga ko‘ra, rejaning tarkibidan hududlarga oid bandlar, jumladan, Donbassni Rossiyaga berish masalasi chiqarib tashlangan. Yermakning aytishicha, hududiy yon berishlar masalasini Zelenskiy Tramp bilan shaxsan muhokama qilmoqchi.

Zelenskiy Tramp bilan uchrashishga tayyor ekani, ammo Yevropa hamkorlari ham muzokarada qatnashishi zarurligini aytgan. Uning ma’lum qilishicha, uchrashuv “imkon qadar tez” bo‘lishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Jared Kushner Stiv Uitkoff

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing