Trampning odami Kremlni tark etdi
Olam
−
25 aprel
7208Avvalroq, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQSH Prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan uchrashgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu uchrashuv o‘z yakuniga yetdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff Putin bilan muzokaralardan so‘ng Kremlni tark etgan. Uning korteji Putin qarorgohidan chiqib ketgan.
Muzokaralarda Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov va Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi bosh direktori rahbari Kirill Dmitriyev ham ishtirok etgan.
Matbuot uchun yopiq bo‘lgan uchrashuvning asosiy mavzulari oshkor etilmagan, ammo tomonlar katta ehtimol bilan Ukraina inqirozini hal qilish va Donald Tramp taklif qilgan tinchlik rejasini kelishish haqida gaplashgan.
Ma’lumot uchun, Putin va Tramp vakili o‘rtasidagi bundan oldingi uchrashuv joriy yilning 11 aprel kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgdagi prezident kutubxonasi binosida bo‘lib o‘tgan edi. Uchrashuv to‘rt soatdan ko‘proq davom etgan. Suhbat yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tgan. Ushbu uchrashuvda ham asosiy mavzu Ukrainadagi vaziyat edi.
LiveBarchasi