Trampning maxfiy ma’lumotlarni yashirganini isbotlovchi audioyozuv tarqaldi

Olam

image

AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning yordamchilari bilan bo‘lgan 2 daqiqalik suhbatining audioyozuvi tarqaldi.  Bu haqda CNN xabar berdi.

Audioyozuv 2021 yil Nyu-Jersi shtatining Bedminster shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan yozib olingan bo‘lib, u yerda Tramp o‘zi oshkor qilmayotgan maxfiy hujjatlarni saqlashni muhokama qilgan. Audioyozuvda yangi tafsilotlar mavjud bo‘lib, ular maxsus prokuror Jek Smit uchun Trampni maxfiy ma’lumotlarga noto‘g‘ri munosabatda bo‘lganlikda ayblashida muhim dalil bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda. 

Tramp yozuvda “bu hujjatlar” degan so‘zlarni aytgan va xonadagilarga ko‘rsatayotgan narsasiga ishora qilib, ularni “juda maxfiy” deb atagan. Sobiq prezidentning bu so‘zlari uning o‘tgan hafta “Fox News” telekanali muxbiri Bret Bayerga bergan intervyusini inkor qilishi mumkin. U intervyuda hech qanday hujjat mavjud emasligini aytgan edi. 

“Hech qanday hujjat yo‘q edi. Bu bir qancha Eron va shunga o‘xshash ba’zi narsalar haqida qog‘ozlar edi. Menda hujjat yo‘q edi. Oshkor qiladigan hech narsa yo‘q. Bular gazeta, jurnal hikoyalari va maqolalar edi, xolos", degan Tramp.

Shuningdek, Tramp shu oy boshida Florida shtatidagi Mar-a-Lago kurortida saqlanayotgan maxfiy hujjatlarni noto‘g‘ri ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan 37 ta ayblovni tan olmagan.

Ikki daqiqalik audioyozuvda esa Tramp va uning yordamchilari sobiq prezident hujjat "maxfiy ma’lumot" ekanini aytganidan keyin Xillari Klintonning elektron pochta xabarlari haqida ham hazillashgan.

“Bilasizmi, Xillari buni istalgan vaqt chiqarib yuborardi”, degan Trampning xodimi audioyozuvda.

Tramp esa buni inkor qilib, Xillari Klinton buni Entoni Vaynerga yuborardi, degan sobiq demokrat kongressmenga ishora qilib. Shundan so‘ng xonada kulgi ko‘tarilgan. 

Audioyozuv Trampning 2021 yil iyul oyida o‘zining Bedminster kurortida sobiq shtab boshlig‘i Mark Medouzning xotiralari ustida ishlayotgan odamlar uchun bergan intervyusidan olingan. Maxsus prokurorning ayblov xulosasida aytilishicha, yig‘ilishda qatnashganlarga – yozuvchi, noshir va Trampning ikki xodimiga Eronga hujum rejasi haqida maxfiy ma’lumotlar ko‘rsatilgan.

Ayblov xulosasida prokurorlar Tramp maxfiy ma’lumotlarni xavfsizlik ruxsatiga ega bo‘lmagan odamlarga ko‘rsatgan, deb da’vo qilmoqda.

“Audiotasma sobiq prezident Tramp hech qanday xato qilmaganini yana bir bor isbotlovchi kontekstni taqdim etadi”, degan Trampning saylovoldi tashviqoti matbuot kotibi Stiven Chung bayonotida.

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Donal'd Tramp maxfiy ma'lumotlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing