Trampning kuyovi ustidan tekshiruv boshlanmoqda

Olam

image

Kecha, 2 iyun kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Vakillar palatasining Nazorat va islohotlar qo‘mitasi Saudiya Arabistonining Jared Kushner [AQSH sobiq Prezidenti Donald Trampning kuyovi] firmasiga kiritgan 2 milliard dollar sarmoyasini tekshirish niyatida ekanini ma’lum qildi. 

“Qo‘mita janob Kushnerning shaxsiy moliyaviy manfaatlari Tramp ma’muriyati davrida AQSHning Yaqin Sharqdagi tashqi siyosatiga ortiqcha ta’sir o‘tkazmaganini tekshirish niyatida”, degan Nyu-York vakili Kerolin B. Maloni. 

Malonining ta’kidlashicha, Trampning butun faoliyati davomida uning ma’muriyati Saudiya Arabistoni manfaatlarini qo‘llab-quvvatlab kelgan. Bu Kongress va butun dunyo Yamanda inson huquqlarining buzilishi, shuningdek, jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi va Saudiya Arabistoni hukumatining repressiyalarini yaqindan o‘rganayotgani fonida sodir bo‘lgan. 

Nazorat qo‘mitasi rahbarining eslatishicha, Kushner Oq uydagi rahbarlik lavozimini tark etgach, “A Fin Management” MCHJ investitsiya kompaniyasiga asos solgan va Saudiya Arabistoni suveren jamg‘armasidan 2 milliard dollar mablag‘ ajratgan.

Shu munosabat bilan Maloni Kushnerdan 2022 yil 16 iyunga qadar ushbu moliyalashtirish bo‘yicha undan so‘ralgan barcha hujjatlarni, shu jumladan shaxsiy xabarlar va yozuvlarni Kongressga taqdim etishni talab qildi.

“Nazorat va islohotlar qo‘mitasi siz (Kushner — tahr.) Saudiya Arabistoni hukumatidan milliardlab dollar olish uchun hukumatdagi mavqeingizdan noto‘g‘ri foydalanganmisiz va sizning shaxsiy moliyaviy manfaatlaringiz Tramp prezidentligi davridagi AQSH tashqi siyosatiga noto‘g‘ri ta’sir qilganmi yoki yo‘qligini tekshirmoqda”, deydi Maloni.

Eslatib o‘tamiz, janob Kushner AQSHning sobiq Prezidenti Donald Trampning kuyovi, 2017-2021 yillarda u janob Trampning maslahatchisi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp Trampning kuyovi

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing