Trampning kompaniyasiga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilishi mumkin
Olam
−
26 iyun 2021
3199Nyu-York (AQSH) prokuraturasi kelasi hafta AQSHning sobiq Prezidenti Donald Trampning Trump Organization kompaniyasi va uning moliya bo‘limi direktori Allen Vaysselbergga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atishi mumkin. Bu haqda “The New York Times” nashri manbalariga asoslanib yozmoqda.
Nashrning ta’kidlashicha, Vaysselberg masalasi bo‘yicha tergov ishlari joriy yilning may oyida boshlangan. Undan Amerikaning sobiq yetakchisi va uning kompaniyasiga qarshi tergov ishlarida hamkorlik qilishni so‘rashgan, aks holda uning o‘zi ham soliq jinoyati bo‘yicha ayblanishi mumkin. Trampning o‘ziga qarshi ayblovlar qo‘yilishi haqida hali aniq ma’lumot yo‘q.
Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, Trump Organization kompaniyasi yangi kreditlar olish uchun aktivlarning qiymatini sun’iy ravishda oshirgan. Trampning sobiq advokati Maykl Koen Trump Organization bunday amaliyotlarga tez-tez murojaat qilishini ochiq aytgandan keyin ish ochilgan.
Avvalroq, Kapitoliyga hujum uyushtirgan Tramp tarafdorlariga birinchi hukm chiqarilgani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi