Trampning kasali avj olgani aytildi
Olam
−
23 avgust 12414 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Trampning qo‘lida ko‘karishlar paydo bo‘lgan va Oq uy rahbari buning ortidan qo‘liga krem surkab olgan. Bu haqda “The Daily Beast” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, suratida Tramp qo‘lining ko‘kargan joyi ko‘rinmagan, biroq Prezidentning qo‘li qalin krem qatlami bilan qoplangan. 79 yoshli davlat rahbari yana o‘z lavozimiga kirishganidan beri u bir necha bor o‘ng qo‘lidagi ko‘karishlarni kosmetika vositasi bilan yashirishga majbur bo‘lmoqda.
Rasmiy Vashington avvalroq Prezidentning qo‘lidagi ko‘karishni tez-tez qo‘l siqishlari bilan bog‘lagan edi. Aprel oyida Trampning shifokori yillik tibbiy ko‘rik natijalarini e’lon qildi, unga ko‘ra Trampning “kognitiv va jismoniy salomatligi a’lo darajada”.
Iyul oyida Prezident ma’muriyati Trampga surunkali venoz yetishmovchilik tashxisi qo‘yilgani, biroq uning “salomatligi a’lo darajada” ekanini aytgandi.
“Bahorda doktor Shon Barbabella o‘zining yillik jismoniy imtihon natijalarini e’lon qilib, Trampning “jismoniy va kognitiv salomatligi a’lo darajada” ekanini aytdi. Ammo so‘nggi oylarda Prezidentning suratlari va omma oldida chiqishlari uning sog‘lig‘i joyida ekani haqida muntazam savollar tug‘dirmoqda”, deb yozadi nashr.
Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levittning so‘zlariga ko‘ra, AQSH Prezidenti yaqinda olingan fotosuratlarda to‘piqlari shishgan va qo‘li ko‘karganini ko‘rsatgach, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.
“Oyog‘ining shishishi venoz kasalligi bilan bog‘liq bo‘lib, shikastlangan klapanlar qonning oyoqlardan yurakka qaytishiga yo‘l qo‘ymasa paydo bo‘ladi. Bunday holat hozirda keng tarqalgan, ayniqsa 70 yoshdan oshgan odamlarda”, deya tushuntirgan matbuot kotibi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp AQSHning Hindistondagi elchisi lavozimiga toshkentlik maslahatchisi Serjio Gor nomzodini ko‘rsatgani hamda uni Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakil etib tayinlashga qaror qilganini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi