Trampning impichmentiga oid rezolyutsiya AQSH Senatiga taqdim etildi
Olam
−
25 Oktabr 2019
2840AQSH Kongressi Senatining Huquqiy qo‘mitasi raisi Lindsi Grexem kecha, 24 oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Trampning impichmenti bo‘yicha Kongress jarayonini qoralovchi rezolyutsiyani taqdim etdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
53 respublikachi senatordan 44 nafari ilgari qo‘llab-quvvatlagan hujjatga ko‘ra, demokratlar nazorati ostidagi Vakillar Palatasini impichment jarayoni bo‘yicha rasmiy tekshiruvni boshlash va Trampga "asosiy konstitutsiyaviy kafolatlar" ni taqdim etishga chaqirmoqda. "Vakillar palatasi impichment protsedurasining so‘nggi yuz yillikdagi barcha pretsedensiyalari va an’analaridan ajralib chiqadi va Prezident Trampga adolatning asosiy prinsiplari va har bir amerikalikning protsessual kafolatlarini rad etadi", deyiladi hujjatda.
Respublikachilar bu jarayonning o‘zi yetarli darajada shaffof emasligini ta’kidlamoqda. Qarorda respublikachilarga guvohlarni chaqirish uchun demokratlar bilan teng vakolatlar berish zarurligi ko‘rsatilgan. Avvalroq Vashington ma’muriyati bu jarayonni demokratlar bilan hamkorlik qilishdan bosh tortib, ushbu jarayonni konstitutsiyaga zid deb atagan.
Vakillar palatasi va Senatning har bir Kongress palatasida alohida-alohida qabul qilingan qarorlari qonuniy kuchga ega yemas va tavsifiy hisoblanadi. Shunday qilib, qonun chiqaruvchilar ma’lum bir masala bo‘yicha o‘z nuqtai nazarlarini bildiradi va ijro etuvchi hokimiyat bunday hujjatlarni e’tiborsiz qoldirishga haqlidir.
Shu yilning 24 sentyabr kuni Demokratik partiya tomonidan boshqariladigan Kongress Vakillar palatasi Trampga qarshi impichment protsessi boshlanganini e’lon qildi. Bunga sabab sifatida, Tramp 2020 yilda ikkinchi muddatga qayta saylanishi uchun iyul oyida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan bo‘lib o‘tgan telefon suhbatida Ukraina Prezidentiga bosim o‘tkazgani haqidagi ayblovlar ko‘rsatilgan.