Bayden oilasi Xitoydan pul olgani aniqlandi

Olam

image

Kecha, 17 mart kuni AQSH Kongressining Nazorat va javobgarlik qo‘mitasi Prezident Baydenning oilasini Xitoy kompaniyasidan pul olganini aniqladi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Qayd etilishicha, respublikachilar qo‘li ostidagi mazkur qo‘mita 17 mart kuni maxsus moliyaviy hisobotni e’lon qilgan. Unga ko‘ra, Baydenlar oilasi a’zolari — Xanter, Jeyms va Xalle Baydenlar hamda ularning kompaniyalari 2015 yildan 2017 yilgacha Xitoyning State Energy HK Limited kompaniyasidan 1,3 million dollar pul olgan. 

Prezident Bayden esa bu ayblovlarni rad etgan. U kecha, 17 mart kuni Delaver shtatiga uchib ketish oldindan Oq uyning janubiy maysazorida jurnalistlar bilan suhbatlashgan va ularning qo‘mita bayonoti haqidagi savollariga:

“Bu to‘g‘ri emas”, deb qisqa javob bergan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh demokratlar Bayden respublikachilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing